Avval o‘rganing: Modal fe’llar
Ingliz tilida bir fe’ldan keyin ikkinchi fe’l kelsa, u ikki shakldan birini oladi: gerund (V-ing: reading, swimming) yoki infinitiv (to + V: to read, ba’zan to siz: read). Qaysi shakl kelishini birinchi fe’l, predlog yoki ibora belgilaydi. Bu mavzu imtihonning "grammatik moslik" savollarida doimiy uchraydi, yozma ishda esa I look forward to hear kabi xatolar ballni tez tushiradi. Quyida qoidalar, ularning mantiqi va yodlash kerak bo‘lgan ro‘yxatlar bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
Gerund — fe’lning -ing shakli bo‘lib, gapda ot vazifasini bajaradi. U o‘zbek tilidagi harakat nomiga (o‘qish, suzish) o‘xshaydi. Shuning uchun gerund ot turadigan joylarda keladi:
Gerundni Present Continuous’dagi -ing bilan adashtirmang: She is reading (hozir o‘qiyapti — jarayon) va Reading is fun (o‘qish — qiziqarli, ot vazifasida).
Gerund o‘z to‘ldiruvchisi va ravishini ham olishi mumkin: Reading books in the evening relaxes me. Inkor shakli not ni oldiga qo‘yib yasaladi: Not knowing the answer, he stayed silent. I regret not studying harder.
Gerund = fe’l + -ing, gapda ot o‘rnida keladi.
Imlo: make → making, run → running, lie → lying (Present Continuous’dagi qoidalar bilan bir xil).
1. Har qanday predlogdan keyin. Predlogdan keyin ot keladi, demak fe’l ham ot shaklini — gerundni oladi. Bu qoidada istisno yo‘q.
Diqqat: `to` predlog bo‘lgan iboralar. Ba’zi iboralarda to infinitiv belgisi emas, balki predlogdir, shuning uchun undan keyin gerund keladi:
look forward to, be used to, get used to, object to, be committed to, when it comes to + V-ing
I’m looking forward to seeing you. She is used to getting up early. Tekshirish usuli: to dan keyin otni qo‘yib ko‘ring — I look forward to your letter to‘g‘ri bo‘lsa, to predlog.
2. Ma’lum fe’llardan keyin. Bu ro‘yxatni yodlash kerak:
enjoy, finish, mind, avoid, consider, suggest, practise, keep, miss, deny, admit, imagine, risk, delay, postpone, recommend, can’t stand, can’t help, give up, put off, carry on
I enjoy reading. Would you mind opening the window? He denied taking the money. She suggested going to the cinema.
3. Barqaror iboralardan keyin:
It’s no use / It’s no good / It’s worth / There’s no point (in) / I can’t help / be busy + V-ing
This film is worth watching. It’s no use crying. She was busy preparing for the exam.
4. `go` + gerund — mashg‘ulotlar: go swimming, go shopping, go fishing, go skiing.
He is very good at ___ (solve) puzzles.
Infinitiv ko‘pincha maqsad, niyat, kelajakka qaratilgan harakatni bildiradi. Shuning uchun istak, qaror, va’da fe’llaridan keyin keladi.
want, decide, hope, plan, agree, refuse, promise, offer, learn, manage, afford, expect, seem, appear, pretend, choose, fail, arrange, would like, need
She decided to leave. I can’t afford to buy a car. He seems to be tired.
Fe’l + odam + to V. Birovga ta’sir qilish fe’llaridan keyin avval odam (to‘ldiruvchi), keyin infinitiv keladi:
want, ask, tell, advise, allow, expect, encourage, invite, remind, teach, would like + kimdir + to V
My parents want me to become a doctor. (✗ want that I become) The teacher told us to be quiet.
I managed ___ (finish) the essay on time.
Ayrim so‘zlardan keyin infinitiv to siz keladi:
make/let + odam + V (to siz) · be made + to V
Bu imtihonning eng sevimli savoli. Umumiy mantiq: gerund — oldin bo‘lgan yoki umumiy harakat, infinitiv — keyin bo‘ladigan harakat.
remember/forget + V-ing — o‘tmishdagini eslash · remember/forget + to V — qilish kerakligini eslash
I remember locking the door. (qulflaganimni eslayman) · Remember to lock the door. (qulflashni unutma)
stop + V-ing — to‘xtatmoq · stop + to V — biror ish qilish uchun to‘xtamoq
He stopped smoking. (chekishni tashladi) · He stopped to smoke. (chekish uchun to‘xtadi)
try + V-ing — sinab ko‘rmoq · try + to V — harakat qilmoq
Try adding some salt. (tuz qo‘shib ko‘r) · I tried to open the window, but it was stuck.
regret + V-ing — qilganiga afsus · regret + to V — xabar berishdan afsus (rasmiy)
I regret telling him. · We regret to inform you that…
go on + V-ing — davom etmoq · go on + to V — keyingi ishga o‘tmoq
like, love, hate, prefer, start, begin, continue — ikkala shakl ham mumkin, ma’no deyarli bir xil: It started raining / to rain. Lekin would like/love/prefer dan keyin faqat infinitiv: I’d like to go.
I’ll never forget ___ (meet) the president.
Gerund va infinitivning majhul va perfekt shakllari ham bor:
Bo‘sh joyni to‘ldirishda quyidagi tartibda o‘ylang:
The children enjoy ___ (tell) stories by their grandmother.