Quyidagi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatingizni yozma bayon qiling. Ayrim o‘quvchilar maktab formasi shaxsiyatni cheklaydi, har kim o‘ziga yoqqan kiyimda kelishi kerak, deb hisoblaydi. Ota-onalar va o‘qituvchilarning bir qismi esa yagona forma intizom va tenglikni ta’minlaydi, degan fikrda. • Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling. • Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang. Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim: I. Kirish. 1) Kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim; 2) berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang. II. Asosiy qism. 1) Asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo‘lishi lozim, har bir xatboshida tomonlarning qarashlari va shaxsiy qarashlaringizni batafsil yoriting; 2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang; 3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting; 4) bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat mavzu doirasida bo‘lishi lozim. III. Xulosa. 1) Asosiy qismda ifodalangan fikr-mulohazalarni umumlashtiring; 2) xulosa ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim. DIQQAT! Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi.
AI bahosi — taxminiy. Rasmiy imtihonda yozma ishni BMBA ekspertlari baholaydi.