Quyidagi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatingizni yozma bayon qiling. Ayrimlar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun albatta oliy ma’lumot diplomi zarur, deb hisoblaydi. Boshqalar esa bugun diplomdan ko‘ra amaliy ko‘nikmalar, kasbiy sertifikatlar va tajriba muhimroq, degan fikrni bildiradi. • Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling. • Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda ifodalang. Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim: I. Kirish. 1) Kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim; 2) berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang. II. Asosiy qism. 1) Asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo‘lishi lozim, har bir xatboshida tomonlarning qarashlari va shaxsiy qarashlaringizni batafsil yoriting; 2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang; 3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting; 4) bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat mavzu doirasida bo‘lishi lozim. III. Xulosa. 1) Asosiy qismda ifodalangan fikr-mulohazalarni umumlashtiring; 2) xulosa ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim. DIQQAT! Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi.
AI bahosi — taxminiy. Rasmiy imtihonda yozma ishni BMBA ekspertlari baholaydi.